09:00 / 04.03.2022
9238
Universal plastik karta - talabalik hayotiga yo‘llanma
Foto: UZCARD

Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning iqtidorli yoshlarini rivojlantirish maqsadida 2022 yil 28 fevral kuni, UZCARD va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumning mavzusi zamonaviy axborot-moliya texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida raqamli jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan  ta’lim faoliyati, ish va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi loyihaviy yechimlar bo‘ldi. Bundan tashqari, Memorandum doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida talaba va xodimlarning salohiyatini oshirish, hamkorlikning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma tadbirlar, ma’ruzalar va mahorat darslarni tashkil etish va talabalarni amaliyot o‘tash uchun jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, axborot va moliyaviy texnologiyalar sohasida ishlashga o‘rgatishga qaratilgan qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son qarori ijrosi asosida ikki tomonlama hamkorlik doirasida UZCARD shu’ba korxonasi bo‘lgan ATTO va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti jamoat transportida yo‘l haqi tizimi bilan integratsiyalashgan universal talabalar plastik kartalarini chiqarish bo‘yicha ilg‘or loyihani boshladi.

Bugungi kunda yangi talaba kartalari, universitet talabalariga ulardan nafaqat transport uchun to‘lovni amalga oshirishda, balki universitetning ichki funksiyalarida – binoga kirishda, hudud ichida, shuningdek, kutubxonada kitoblarni qabul qilishda ham foydalanish imkonini beradi.

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti universal talaba kartasini joriy etgan birinchi universitet bo‘ldi – bugungi kunda innovatsion raqamli texnologiyalarning qulay mahsuloti bo‘lgan ijtimoiy vosita, universitet ma’muriyatiga talabalar xavfsizligini ta’minlash va davomatning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish imkonini berdi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu universal talaba kartasini ishlab chiqishdagi birinchi qadamdir.

Yaqin kelajakda talabalar kundalik vazifalarni oson va xavfsiz amalga oshirishlari uchun ushbu talaba kartasini o‘zgartirish va uning funksionalligini to‘liq bank kartasiga aylantirish vazifasi hal qilinadi: xaridlarni amalga oshirish, o‘z mablag‘larini boshqarish, stajirovka yoki o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash orqali birinchi daromadni olishdir.

Bundan tashqari, ushbu loyihaning Turin politexnika universitetida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganligini hisobga olib, ushbu loyihani kengaytirish va mamlakatning barcha universitetlarida “aqlli bank kartasi”ni joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

UZCARD va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti mamlakat oliy o‘quv yurtlarini yangi mahsulotga qo‘shilishga, o‘quv jarayonini boshqarishni optimallashtirishga, hamda o‘z talabalarining ta’lim sifati va hayotini salohiyatli ravishda oshirishga taklif qiladi!

Ma’lumot uchun:

2021 yil davomida, Toshkent shahrida jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirishda 80 mingdan ortiq talaba kartalari rasmiylashtirildi. Ular bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar soni 1,6 million tranzaksiyani tashkil etdi. Ushbu kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning umumiy soni esa 19,7 mln tranzaksiyani tashkil etdi.

O‘tgan yili talabalar kartalari - imtiyozli transport kartalari orasida eng ommabopi bo‘ldi. Ularning ulushi 68 foizni tashkil etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda - 18 foiz va 14 foiz bilan pensiya va o‘quvchi transport kartalari joy olishdi.

 Reklama huquqi asosida

Top