20:00 / 04.03.2022
17594

Yanvar oyida eng ko‘p o‘g‘il egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yanvar oyida 1 437 nafar egizaklar tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Thinkstock

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida respublikada 1 437 nafar  egizaklar tug‘ilgan. Shundan qiz bola egizaklar 49,5 foiz, o‘g‘il bola egizaklar esa 50,5 foizni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida o‘g‘il egizaklar tug‘ilishi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 103 nafar. Keyingi o‘rinlardan Qashqadaryo viloyati (73 nafar) va Namangan viloyati (68 nafar) joy oldi.

Qolgan hududlarda o‘g‘il egizak chaqaloqlar soni soni quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 33 ta 
  • Andijon viloyati – 67 ta
  • Buxoro viloyati – 33 ta
  • Jizzax viloyati – 41 ta 
  • Navoiy viloyati – 22 ta 
  • Surxondaryo viloyati – 65 ta
  • Sirdaryo viloyati – 19 ta
  • Toshkent viloyati– 41 ta
  • Farg‘ona viloyati – 63 ta 
  • Xorazm viloyati – 31 ta
  • Toshkent shahri – 67 ta
Mavzuga oid
Top