15:31 / 04.03.2022
24970
Zelenskiy Ukrainaga qarshi Rossiyaning deyarli butun armiyasi tashlanganini aytdi

Zelenskiy avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokara o‘tkazishga chaqirgandi.

Foto: AP

Ukraina hududiga Rossiya qo‘shinlarining aksariyat qismi kiritildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytdi.

«Ukraina fuqarolari, dushman davlatimiz hududiga qo‘shinlarining mutlaqo katta qismini kiritdi. Xalqimizga qarshi Rossiyaning deyarli butun armiyasi tashlandi, ukrainaliklarning qahramonlarcha qarshiligi to‘qqiz kundan buyon mamlakatimizni bu hujumdan qutqarmoqda. Ukraina shaharlari natsistlar bosqinchiligidan buyon bunday shafqatsizlikni ko‘rmagandi», — dedi u.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, dushman Chernigov, Axtirka, Mariupol, Xarkovdagi insonlarni qasddan yo‘q qilmoqda.

Avvalroq u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, muzokara o‘tkazishga chaqirgandi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top