12:53 / 05.03.2022
1719

Foto: Kuchli shamol Nukusdagi uylar tomini uchirib yubordi

Bugun, 5 mart kuni O‘zbekistonning turli hududlarida yuzaga kelgan kuchli shamol natijasida ayrim viloyatlardagi binolarning tom qismi qulab tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Jumladan Nukus shahri, A.Do‘snazarov ko‘chasida joylashgan uyning 350 m kv maydonida tom qismi shamol natijasida yerga qulagan.

Hozirda voqea joyiga FVVning hududiy boshqarmalari rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Top