09:00 / 05.03.2022
50919
Reklama

Haval H6 krossoverining uchinchi avlodi endi sotuvda mavjud

Haval H6 krossoverining yangi avlodi O‘zbekistonga kirib keldi. Sharq Motors avtomobil afzalliklari va uning narxi haqida so‘zlab beradi.

Foto: Haval

Uchinchi avlodga mansub Haval H6 avtomobili Haval rusumining yangi modeli hisoblanib, hozirda u brendning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Sharq Motors salonlarida mavjud. Ushbu krossoverning hatto boshlang‘ich komplektatsiyasida bir qator premial texnologiyalar, jumladan, adaptiv kruiz boshqaruv, 360 gradusli 3D formatdagi kuzatuv tizimi, avtomobil to‘xtash assistenti, haydovchi oynasiga proyeksion ekran kabi xususiyatlar kiritilgan.

Foto: Haval H6

Tashqi ko‘rinishi

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi agressiv va shijoatli. Yangi modelda ishlab chiqaruvchilar radiator panjarasini yangilashdi: endilikda u to‘q kulrang bo‘lib, tuzilishi bo‘yicha baliq tangachalarini eslatadi. Disklar ham o‘zgargan va hozirda ular to‘lqinsimon shaklda, xrom yugurtirilgan chiziqlar ko‘rinishiga ega. Xrom — avtomobilning asosiy dekorativ elementlaridan biri. U ham salonda, ham g‘ildiraklarda, avtomobil kuzovining old va orqa tomonlarida va hattoki eshik debochalarida ham joylashtirilgan.

Foto: Haval H6

Avtomobilning keng rang tanlovi ham kishini quvontiradi, hozirda 7 xil rang tanlash imkoni bor, ular — oq, kulrang, qora, qizil, ko‘k, jigarrang hamda yashil.

Salon

Foto: Haval H6

Krossoverning ichki tuzilishi biznes klass salonini eslatadi: haydovchi kursisi maxsus pnevmatik yostiqchaga ega bo‘lib, u belning qulayligiga xizmat qiladi. Hatto boshlang‘ich komlektatsiyada ham qolgan barcha kursilar ergonomik shaklda yasalgan va isitish funksiyasiga ega, oldingi kursilar esa bunga qo‘shimcha sifatida havo almashtirish xususiyatini ham o‘z ichiga oladi.

Foto: Haval H6

Salonning texnologik ilg‘orligini ham alohida ta’kidlash kerak — haydovchi birdaniga ikkita displey — 10 hamda 12 dyuymli ekranlar bilan ishlashi mumkin. Ulardan tashqari, proyeksion head-up displeyi ham mavjud. Ekranlar ham multimedia hamda avtomobil xususiyatlarini boshqarish paneli sifatida ishlaydi. Orqani kuzatish oynasi esa kun yorug‘ligiga qarab, keraksiz nurni qaytarmaslik uchun avtomatik tarzda o‘zini sozlab turadi.

Salondagi deyarli barcha moslamalar haydovchiga qarab sozlanadi: rul, kursilar, orqa va yon tomonlarni kuzatish oynalari. Asbob-uskuna panelining ostida smartfonni simsiz quvvatlantirish uchun maxsus hudud bor, undan pastroqda esa qulay bar hamda kerakli buyumlarni saqlash uchun alohida joy mavjud. Mashinada avtomatik sozlanadigan panorama lyuk ham o‘rnatilgan.

Foto: Haval H6

Qulaylik va xavfsizlik

Avtomobil haqiqatan ham yirik yukxonaga ega bo‘lib, uning sig‘imi 580 litrni, orqa o‘rindiqlar surilgan holda esa 1500 litrni tashkil etadi. Bundan tashqari, yukxona atigi bir tugmani bosish orqali avtomatik tarzda ochiladi.

Salonda 5 kishi bemalol sig‘ishi mumkin, yo‘lovchilar soni bundan kamroq bo‘lgan hollarda esa orqa o‘rindiqlarda maxsus tirsak ushlagichlarini chiqarib qo‘yib, sayohatni yanada qulayroq qilish imkoni bor.

Avtomobil xavfsizligini ham alohida aytib o‘tish kerak — mashina ko‘plab datchiklar va kameralar bilan jihozlangan, ular haydovchiga ko‘rinmas hududlar haqida ma’lumot beradi, burilish paytida avtomobil atrofida mavjud to‘siqlar haqida ogohlantiradi, kruiz-kontrol tizimi oldinda ketayotgan avtomobilga bog‘lanib, urilish xavfini kamaytiradi, parktronik tizimi esa har qanday sharoitda mashinani tez va qulay to‘xtash joyiga qo‘yish imkonini beradi.

Yo‘lovchilar va haydovchi xavfsizligini 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, 9-avlodga mansub Bosch ESC barqarorlik tizimi, tortish kuchini boshqarish va taqsimlash uchun TCS tizimi, qayta urilish xavfini kamaytiruvchi to‘xtalish uchun SCM tizimi, burilishlarda to‘xtashni nazorat qiluvchi CVC tizimi, ag‘darilib ketishdan himoya qiluvchi RMI tizimi, favqulodda to‘xtash uchun BA, MEB tizimi, tepaliklarga chiqish hamda ulardan tushishda ko‘maklashadigan HHC, HDC tizimlari, tormoz birlamchiligini kafolatlovchi BOS tizimi hamda g‘ildiraklardagi bosim va haroratni boshqaruvchi TPMS tizimlari ta’minlaydi.

Avtomobil yo‘l belgilarini “tanib oladi”, xavfli vaziyatlarda avtomatik to‘xtash xususiyatiga ega, haydovchiga burilishlarda va turli harakatlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi, shu bilan birga o‘z ichiga tirbandliklarda yordam beruvchi maxsus assistentni ham oladi. Bundan tashqari, 3-avlodga mansub Haval H6 bilan chorrahalarda yurish ancha xavfsizroq — avtomobilning o‘zi yo‘ldagi harakatni payqab, piyodalar va boshqa avtomobillar bilan to‘qnashib ketishning oldini oladi.

Foto: Haval H6

Haval H6 rulida hatto eng qorong‘i, tumanli tunlarda ham o‘zingizni qulay his qilasiz, axir avtomobil balandligi sozlanadigan Matrix LED diodli yaqin va uzoqqa qaratilgan yoritkichlarga, old hamda orqada o‘rnatilgan tumanga qarshi chiroqlarga ega.

Kapot ostida

3-avlodga mansub Haval H6 avtomashinasi 163 ot kuchiga ega turbo quvvatlanuvchi benzin motoriga ega. Maksimal komlektatsiyada motor 4x4 rejimida ishlay oladi.

Avtomobilning texnik xususiyatlari haqida batafsil ushbu videodan bilib olishingiz mumkin.

Narx

Narx va sifat mutanosibligi Rossiya haydovchilarini rom qilib bo‘ldi — 2021 yilda Haval Rossiyada eng ko‘p sotilgan krossover bo‘ldi. O‘z vatani Xitoyda esa Haval SUV bo‘limida yetakchi brend sanaladi. Qulay va xavfsiz, yangi avlod krossoverini Sharq Motors'da xarid qilishingiz mumkin.

21 fevral sanasida imzolangan qaror asosida bojxona solig‘i kamaytirilganligi tufayli, Haval H6 avtomobilining narxi 422 million so‘mdan 380 million so‘mgacha tushdi.

Filiallar manzili:

Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon ko‘chasi 98A;

Telefon: +99871 208 41 41;

Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi 25;

Telefon: +99893 111 41 41;

Samarqand viloyati, Chumchuqli qishlog‘i, “Qo‘shtamg‘ali” MFY;

Telefon: +99891 555 99 93;

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi 6;

Mo‘ljal: “O‘zbekneftgaz” shoxobchasi ro‘parasida;

Telefon: +99890 232 88 88;

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Navro‘z shaharchasi, Shifokorlar ko‘chasi 1;

Telefon: +998 91 430 54 32;

Qashqadaryo viloyati, Qamashi shahri, Qamashi ko‘chasi 1;

Telefon: +99891 945 07 70;

Fasebook: facebook.com/haval.uzbekistan

Instagram: instagram.com/haval.uzbekistan

Telegram: t.me/Haval_Uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top