13:08 / 05.03.2022
7239
O‘zbekistonda Sumi oblastidan talabalarni olib chiqish uchun «yashil yo‘lak» tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonda Ukrainaning Sumi oblastidan talabalarni olib chiqish uchun «yashil yo‘lak» tashkil etish masalasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida aytilgan.

Videodan kadr

Qayd etilishicha, 2022 yil 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 666 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 89 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi.

28 fevraldan 5 martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi va 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi. 5 martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning Kiyev shahridagi elchixonasi sa’y-harakatlari bilan Truskavets shahrida davolanayotgan 20 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Sumi oblasti ma’muriyati bilan bu yerdagi oliygohlarda o‘qiyotgan 25 o‘zbek talabasini olib chiqish uchun «yashil yo‘lak» ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib borayotgani aytilgan. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top