18:05 / 05.03.2022
13065
Qirg‘iziston Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar uchun maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri tomonlarni nizoni davom ettirishga aslo undamaslik kerakligini aytdi.

Foto: RIA Novosti

Bishkek Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari o‘tkazilishi uchun maydoncha taqdim etishga tayyor. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev ma’lum qildi.

"Qirg‘iziston Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlanganini olqishlaydi hamda bu yo‘nalishdagi har qanday vositachilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Zarur bo‘lsa, maydoncha taqdim etishga va tinchlik o‘rnatilishi uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildiradi", - dedi u.

Kazakbayev tomonlarni nizoni davom ettirishga aslo undamaslik kerakligini aytdi.

"Bugun biz jahonda urushdan keyingi davrning mislsiz inqirozi guvohi bo‘lib turibmiz. Dunyo halokat boshlanishi yoqasida turibdi, insoniyat undan keyin tiklanishiga kafolat yo‘q. Tomonlarni nizoni davom ettirishga aslo undamaslik kerak", - dedi u.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top