11:59 / 05.03.2022
30617

“Sizlarda imkoniyat ancha ko‘p” - Abdurahmon qori hayot yo‘li va yoshlarga tavsiyalari haqida

Tojikistonning Xo‘jand viloyatidan bo‘lgan, xalq orasida Abdurahmon qori nomi bilan tanilgan Abdurahmon Qurbonov O‘zbekistonga safari davomida Kun.uz studiyasida bo‘lib, diniy ham dunyoviy ilm olish bilan kechayotgan hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

Suhbat asosan Abdurahmon Qurbonovning o‘zi va hayotiy aqidalari, amallari haqida bo‘ldi. Qurbonov bolaligidagi umidlari, maktabda ta’lim olish imkoniyati bo‘lmagani, biroq o‘zi ustida qanday ishlab, ilm olgani haqida so‘zlab berdi.

Uning hikoyasi o‘zining kechmishidan tashqari hozirgi yoshlarga o‘rnak o‘laroq motivatsion ruhda bo‘lib, yoshlarga ilm olishda harislik, harakat qilish, jamiyatga foyda keltirish kabi mavzularni o‘z ichiga oldi.

Suhbatdoshimiz 14 yoshida hayotida, ruhiyatida tub burilish bo‘lgani, o‘shandan beri hayotga boshqacha ko‘z bilan qarayotgani, Alloh uni hidoyat sari boshlagani haqida so‘zlar ekan, boshqa din haqidagi ma’ruzalarni eshitib, noto‘g‘ri yo‘ldan ketib qolishi mumkin bo‘lgani va o‘z vaqtida Islom dinini tanib, to‘g‘ri yo‘lga tushib qolgani haqida gapirdi.

Suhbatni yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Bobur Akmalov suhbatlashdi.
Tasvirchi
– Azimjon Vohidov.

Videomaterial va mazkur maqoladagi matn Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Mavzu
Hayotiy hikoyalar
Turfa taqdirlar va umr manzaralari
Barchasi
Top