07:38 / 05.03.2022
9985
Smartavia O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha bekor qildi

Smartavia Sankt-Peterburg va Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.

Foto: Smartavia

Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasi 19 martgacha barcha xorijiy reyslarni, shu jumladan O‘zbekistonga parvozlarni ham to‘xtatdi

Quyidagi reyslar bekor qilinadi:

  • Sankt-Peterburg – Namangan – Sankt-Peterburg;
  • Sankt-Peterburg – Buxoro – Sankt-Peterburg;
  • Moskva – Farg‘ona – Moskva.

Kompaniya xarid qilingan chiptalar qiymatini qaytarish bilan bog‘liq masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishini ta’kidladi. 

Top