09:26 / 07.03.2022
6724

Banklarda dollar kursi 10 960 so‘mga yetdi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 7 mart, dushanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: Kun.uz

Bir qator banklarda dollar olish 10 850 - 10 880 so‘mdan, sotish 10 960 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi 4 mart, juma kuni jiddiy ko‘tarilgandi. O‘shanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 955 so‘mni tashkil qildi.

4 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 910 so‘m 43 tiyinni tashkil qildi.

Top