22:47 / 07.03.2022
20427
Erdo‘g‘an Rossiya bilan savdoda rubldan foydalanilishi mumkinligini aytdi - OAV

Qayd etilishicha, "o‘z navbatida, Putin Azov dengizidagi kungaboqar moyi va bug‘doy yuklangan 30ta kemaning yo‘lga tushishiga buyruq beradi".

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotida o‘zaro savdoda rubldan foydalanilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar berdi.

"Prezident Erdo‘g‘anning Putin bilan kechagi suhbati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Prezident Erdo‘g‘an Turkiya va Rossiya o‘zaro savdoda dollar, yevro, rubl, oltin va yuandan foydalanishi mumkinligini aytdi", - deyiladi xabarda.

Telekanalning qayd etishicha, "o‘z navbatida, Rossiya prezidenti Azov dengizidagi kungaboqar moyi va bug‘doy yuklangan 30ta kemaning yo‘lga tushishiga buyruq beradi".

Putin va Erdo‘g‘an yakshanba kuni telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat bir soatga yaqin davom etdi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top