14:59 / 07.03.2022
5296
Namangandagi Chorsu bozorida yong‘in yuz berdi
Foto: Videodan kadr

Namangan shahrida joylashgan Chorsu dehqon bozoridagi oshxonalardan birining yerto‘lasida yong‘in chiqqan. Bu haqda Namangan viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. So‘ng yong‘in kattaligi sabab qo‘shimcha yong‘in-qutqaruv avtomashinalari jalb etilgan.

Hozirda yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

“Yong‘in sababi, zarari aniqlanadi va qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Namangandagi xonadonda yong‘in yuz berganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top