20:21 / 07.03.2022
14384
O‘zbekistonning 7 ta hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Foto: Magnus Lindkvist

Yog‘ingarchilik sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. 8-16 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 2022 yil 8-16 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun, Sherobod tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Payariq, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Forish, G‘allaorol, Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron. Bo‘stonliq tumanlarida;
  • Namangan viloyati: Chust, Pop tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

“Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilingan edi.

Top