18:31 / 07.03.2022
14903

Vengriya bosh vaziri mamlakat hududida NATO qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat berdi

Shu bilan birga, Viktor Orban mamlakat hududidan Ukrainaga qurol yetkazib berishni taqiqlovchi hujjatni ham imzoladi.

Foto: Getty Images

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakat g‘arbida NATO qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Vengriya shuningdek, o‘z hududi orqali NATOning boshqa a’zolariga qurol yetkazilishiga ruxsat beradi.

Shu bilan birga, Orban mamlakat hududidan Ukrainaga qurol yetkazib berishni taqiqlovchi hujjatni ham imzoladi.

«Biz vaziyatni baholadik, Vengriya hududidan Ukraina hududiga qurol yetkazib berish mumkin emasligi ko‘zda tutilgan farmon chiqarildi», - dedi Orban.

Top