18:08 / 07.03.2022
31271
Yunusobodda yosh oila 4 nafar egizak farzandli bo‘ldi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahri Yunusobod tumanida tug‘ilgan 4 nafar egizak — 3 o‘g‘il va 1 qizning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 6 mart kuni shu tumanda yashovchi Kamola Shukrullayeva hamda uning turmush o‘rtog‘i — tuman ichki ishlar bo‘limi leytenanti Behruz Xudoyberdiyev biryo‘la 4 nafar egizakning ota-onasiga aylangan. Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun zarur sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti o‘tkazilgan. Natijada og‘irligi 1,5, 2,3 va 2,5 kilogrammlik 3 nafar o‘g‘il hamda 2,3 kilogrammlik qizaloq dunyoga kelgan.

«Hozirda go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog shifokor va hamshiralar nazorati ostida», — deyiladi SSV xabarida.

Ta’kidlanishicha, bu 2022 yilda Respublika perinatal markazida to‘rt nafar egizak tug‘ilishi bilan bog‘liq uchinchi holat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Toirovlar oilasida to‘rt egizak - 2 qiz va 2 o‘g‘il dunyoga kelgandi.

Top