18:00 / 08.03.2022
15909

Galaxy S22 flagmanlariga oldindan buyurtma berish muddati tugashiga sanoqli kunlar qoldi

Foto: Samsung

10 martga qadar Samsung Galaxy S22 seriyasi smartfonlariga oldindan buyurtma bering va Galaxy Watch4 smart-soatini sovg‘a sifatida qo‘lga kiriting.

Samsung kompaniyasining yangi qurilmalari – Galaxy S22 seriyasidagi flagmanlariga oldindan buyurtma berish muddati tugashiga atigi bir necha kun qoldi. Galaxy S22/S22+/S22 Ultra modellari O‘zbekiston bozoriga yetkazilishi mart oyida rejalashtirilgan.

Galaxy S seriyasi flagmanlari

Betakror ranglardagi Galaxy S22 seriya smartfonlari eng tezkor chip bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfonlarda shikastlanishga qarshi yanada kuchliroq chidamlilikka ega alyuminiy ramka o‘rnatilgan. Bundan tashqari, smartfonlar ham kunduzi, ham tunda sifatli kontent yaratish uchun professional yordamchiga aylanadi.

Galaxy S22 Ultra – smartfoni esa Note seriyasidagi modellarning munosib davomchisi hisoblanadi. Smartfon o‘zining yuqori funksionalligini saqlab qolib, unga S seriyasining yuqori unumdorligi va professional kamerasi qo‘shildi. Ushbu Ultra smartfonlar avlodi avtonom ishlash imkoniyatining uzaytirilgani tufayli eng kuchli modelga aylandi.

Samsung kompaniyasidan premium darajadagi sovg‘alar

Oldindan buyurtma bergan barcha ishtirokchilar kafolatlangan sovg‘a sifatida so‘nggi avlod soatiga ega bo‘ladilar:

  • Galaxy S22 Ultra smartfoniga oldindan buyurtma berilganda – Galaxy Watch4 44 mm.
  • Galaxy S22 yoki S22+ smartfonlariga oldindan buyurtma berilganda – Galaxy Watch4 40 mm.

Galaxy Watch 4 smart soatlari innovatsion BioActive sensorlari o‘rnatilgan bo‘lib, kun davomida sog‘lig‘ingizni kuzatish, tunda esa uyquni tahlil qilishga yordam beradi. Shuningdek, smart soatda salomatlik va fitnes uchun ilovalardan tashqari, musiqiy to‘plamlarni eshittiruvchi ilovalar ham mavjud. Zamonaviy gadjet imijingizga urg‘u beradi va kuniga 24 soat davomida ishonchli yordamchingizga aylanadi.

Oldindan buyurtma berish shartlari

Oldindan buyurtma berish, mijozga qulay bo‘lgan formatda, 2022 yilning 10 martiga kuniga qadar (jumladan, shu kuni ham) davom etadi:

  • Onlayn: Samsung kompaniyasining rasmiy vebsayti va hamkorlarning vebsaytlarida. Rasmiy hamkorlar ro‘yxati kompaniyaning vebsaytida keltirilgan.
  • Oflayn: butun O‘zbekiston bo‘ylab elektr jihozlari do‘konlarida, Samsung kompaniyasining rasmiy hamkorlaridan.

Oldindan buyurtma berilganda 1 million so‘m miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Smartfonni olgandan so‘ng, tanlangan model va xotira hajmiga qarab, qolgan pul miqdori to‘lanadi.

Smartfonlar uchun hamkor do‘konlardagi narxlar quyidagicha:

  • Galaxy S22 128/256: 10 499 000/11 499 000.
  • Galaxy S22+ 128/256: 12 499 000/13 499 000.
  • Galaxy S22 Ultra 128/256: 15 999 000/16 999 000.

O‘zbekistonga yangi flagman mahsulotlarini yetkazib berish mart oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan.

Shuningdek qo‘shimcha sovg‘alar sifatida: Megogo servisiga 6 oylik va ITV xizmatiga 3 oylik bepul obunaga ega bo‘ladilar.

O‘zingizni va yaqinlaringizni birinchilardan bo‘lib yangi smartfon bilan xursand qilish hamda yoqimli sovg‘alarga ega bo‘lish uchun sanoqli kunlar qolmoqda. Oldindan buyurtma berishning batafsil shartlari bilan rasmiy vebsaytda tanishishingiz mumkin.

Sovg‘alar soni cheklangan.

Sayt: samsung.com

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/samsungchanneluzbekistan

Reklama huquqlari asosida

Mavzuga oid
Top