16:45 / 08.03.2022
18297
Rossiya dunyodagi eng ko‘p sanksiya kiritilgan mamlakatga aylandi

Ikki hafta davomida eng ko‘p sanksiyani Shveytsariya (568), Yevroittifoq (518) va Fransiya (512) kiritdi.

Foto: Vladimir Sergeyev / RIA «Novosti»

Rossiya unga qarshi boshqa davlatlar kiritgan sanksiyalar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bu haqda sanksiya cheklovlarini kuzatuvchi Castellum.ai global bazasi ma’lum qildi.

Rossiya 22 fevralgacha Erondan keyin ikkinchi o‘rinda edi - Tehronga qarshi  3616ta, Moskvaga qarshi 2754ta sanksiya joriy etilgandi. Uchinchi o‘rinda 2608ta sanksiya bilan Suriya joylashgandi.

Ammo fevraldan boshlab Moskvaga qarshi 2778ta yangi sanksiya kiritildi va jami sanksiyalar soni 5532taga yetdi.

Foto: Castellum.ai

22 fevraldan buyon Rossiyaning tashkilot va kompaniyalariga qarshi 343ta, jismoniy shaxslariga qarshi 2427ta sanksiya kiritildi. Ikki hafta davomida eng ko‘p sanksiyani Shveytsariya (568), Yevroittifoq (518) va Fransiya (512) kiritdi. AQSh 243ta, Buyuk Britaniya 35ta sanksiya joriy etdi.

Eng ko‘p sanksiya AQSh tomonidan kiritilgan – 1194ta. Undan keyingi o‘rinlarda Kanada (908) va Shveytsariya (824) turibdi.

Top