22:18 / 08.03.2022
17431

Shvetsiya bosh vaziri mamlakatning NATOga kirishi Yevropani beqarorlashtirishi mumkinligini aytdi

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qarorga Rossiyaning tahdidi sabab bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson Stokholmning NATOga kirishi Yevropadagi vaziyatni yanada beqarorlashtirishi mumkinligini aytdi.  

"Agar Shvetsiya NATOga kirish uchun ariza beradigan bo‘lsa, bu Yevropaning mazkur qismini yanada beqarorlashtiradi va keskinlikni kuchaytiradi", - dedi Andersson.

Shu bilan birga, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qarorga Rossiyaning tahdidi sabab bo‘lgan.

"Shvetsiyaga tahdid ham Ukrainaga qurol yetkazib berish borasidagi qarorimizga ta’sir qildi", - dedi u.

Top