07:19 / 08.03.2022
3553
Toshkentdan Novosibirskka qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

2022 yilning 9, 16 va 23 mart kunlari Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

Foto: Kun.uz

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkentdan uchish soat 14:00 ga (Toshkent vaqti bilan), Novosibirskka yetib borish soat 17:00 ga (Novosibirsk vaqti bilan), Novosibirskdan uchish soat 18:30 ga (Novosibirsk vaqti bilan), Toshkentga yetib borish soat 21:30 ga (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan.

Avvalroq Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilayotgani xabar berilgandi.

2022 yil 13 va 20 martda Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

Top