12:25 / 09.03.2022
975
Buxoro shahri ko‘chalarida elektrobus sinab ko‘rilmoqda
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buxoroga 2,5 soat davomida oladigan to‘liq quvvati bilan 300–350 km masofani bosib o‘tadigan elektrobus olib kelindi. U shahar ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Buxoro viloyati hokimligiga ko‘ra, tajribadan kelib chiqib, yil oxiriga qadar yana 100 ta elektrobus olib kelinib, yo‘nalishlarga joylashtiriladi.

Ma’lum qilinishicha, deyarli shovqinsiz harakatlanadigan transportning zamonaviy tashqi va ichki dizayni odatiy avtobuslardan farq qiladi. 27 o‘rindiqli elektrobusning yo‘lovchilarni tashish umumiy hajmi 80 kishidan iborat. Imkoniyati cheklanganlar uchun ajratilgan maxsus o‘rindiqlar alohida rang va belgilar bilan ajratilgan, nogironlar chiqishi uchun zarur ko‘targichlar ham bor. Ichki salon videokuzatuv kamerasi, avtomatik havo namligini saqlash va isitish tizimi bilan jihozlangan. Elektrobus 2,5 soat davomida oladigan to‘liq quvvati bilan 300–350 km masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega.

Xitoyning Zhongtong Bus so., Ltd kompaniyasida ishlab chiqarilgan mazkur elektrobus hozirda Buxoro shahri ko‘chalarida tajriba tariqasida sinab ko‘rilmoqda. Tashuvchi va yo‘lovchilar fikrlarini inobatga olgan holda undan yil oxiriga qadar 100 ta olib kelinib, yo‘nalishlarga joylashtiriladi.

Top