16:50 / 09.03.2022
16137
O‘zbekiston rossiyalik turistlar uchun eng ommabop mamlakatlardan biriga aylanishi mumkinligi aytildi

Sayyohlarga «barchasi ichida» tizimiga ega va «Mir» to‘lov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga borish tavsiya etildi.

Foto: Kun.uz

Xorijda Rossiya banklariga tegishli Visa va Mastercard kartalaridan foydalanish to‘xtatilganidan so‘ng sayyohlar «barchasi ichida» tizimiga ega va «Mir» to‘lov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga borishlari tavsiya etiladi. Bu haqda Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

ATORning yozishicha, «barchasi ichida» tizimiga ega mamlakatlarga Turkiya, Tunis va Misr kiradi. Shuningdek, Maldiv va BAAdagi qator mehmonxonalar ana shunday shaklda ishlaydi. Parvozlar tiklanganidan so‘ng Kuba, Dominikan, Meksikaga borish mumkin bo‘ladi.

Sayyohlar uchun «Mir» kartalarini qabul qiladigan eng ko‘p terminal va bankomatlarga ega mamlakatlar sifatida Belarus, Armaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston tavsiya qilingan. ATORning fikricha, O‘zbekiston eng ommabop maskanlardan biriga aylanishi mumkin.

Bundan tashqari, Abxaziya va Janubiy Osetiya, Qozog‘iston, Tojikistonda ham «Mir» kartalari qisman qabul qilinishi aytilgan.

Top