12:37 / 09.03.2022
15026

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Tegishli qarorlar bilan Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyati hokimliklari tuzilmasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Mirg‘oziyeva Zuhra

Toshkent viloyati hokimining qarori bilan Mirg‘oziyeva Zuhra To‘rayevna –viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Z. Mirg‘oziyeva 1978 yilda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001 yilda Toshkent Davlat Pedagogika universitetini tamomlagan. Faoliyatini 1996 yil 76-maktabda o‘qituvchi vazifasidan boshlagan. 2009 yildan 2020 yilga qadar Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Mazkur tayinlovgacha, Z.Mirg‘oziyeva Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tojiboyeva Nargiza

Sirdaryo viloyati hokimining qarori bilan Tojiboyeva Nargiza Keldibekovna viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mazkur tayinlovgacha, N.Tojibayeva viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Muxtorova Nazira

Jizzax viloyati hokimining qarori bilan Muxtorova Nazira Abdusattorovna – viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mazkur tayinlovgacha N.Muxtorova Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Top