09:53 / 09.03.2022
5105
Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 9 martdan 14 martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 2022 yilning 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.

Bundan oldin, Toshkentdan Yekaterinburgga va Novosibirskka qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilayotgani xabar qilingandi.

Top