17:15 / 09.03.2022
26474
Yosh bo‘laturib oyiga 1000 dollardan 4000 dollargacha pul topish mumkinmi?

BPO maktablari – O‘zbekiston yoshlariga xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatini ochuvchi eshik.

Foto: BPO

Bugungi kunda ko‘pgina yirik xalqaro tashkilotlar o‘z biznes jarayonlarini amalga oshirishda tashqaridan ishchi kuchi jalb qilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida qator mamlakatlar masofadan ishlash va u orqali mo‘maygina daromad topishni yo‘lga qo‘ydi. Jahonning yetakchi kompaniyalari ham o‘z xodimlari masofadan ishlashiga sharoit yaratib berdi. Bu ikki tomon uchun ham qulay. Bir tomondan, kompaniya sarf-xarajatlarini kamaytirish va ish samaradorligini oshirishga erishilsa, boshqa tomondan, mutaxassis uchun dunyoning istalgan burchagidan turib, o‘z xizmatlarini taklif qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilmiy tilda ushbu jarayon BPO deb yuritiladi.

BPO o‘zi nima?

BPO (ingliz tilidan Business Processes Outsourcing) – tashkilot o‘z biznes jarayonlarining ma’lum bir qismini tashqi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga (“autsors” kompaniyalar deb ham ataladi) shartnoma asosida topshirishi.

“Autsors” kompaniyalar quyidagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin: buxgalteriya hisobi, boshqaruv, yuk tashish va logistika, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qo‘ng‘iroq markazlari, ishlab chiqarish hamda marketing va sotuv.

BPO yo‘nalishida oyiga qancha daromad topish mumkin?

Masalan, yetakchi kompaniyalarga masofadan xizmat ko‘rsatib, boshqaruvchi sifatida 4000 dollardan, menejyer lavozimida 2000 dollardan, dasturchi sifatida 1000 dollardan 4000 dollargacha, oddiygina dispetcher bo‘lib esa 300 dollardan ortiq daromad topish mumkin. Yoshi 17 dan baland bo‘lgan, ushbu kasb sir-asrorlarini o‘rganishga astoydil kirishgan har qanday kishi sohada o‘zini bemalol sinab ko‘rishi mumkin, bunda hatto Universitet diplomi ham shart emas. Muhimi, o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lish, xorijiy tillardan birini bilish (ingliz, rus yoki koreys tili) hamda sifatli internet aloqa bilan ta’minlangan bo‘lish.

Bu borada, IT-Park (Texnopark haqida batafsil: https://it-park.uz/uz/itpark) ham O‘zbekiston axborot texnologiyalari sohasi lokomotivi sifatida AKT vazirligi ko‘magida bir yil oldin, mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan taqdim qilinayotgan ish o‘rinlarining eng yirik bazasini ishga tushirgani e’tiborga molik. Ushbu yirik platforma (https://it-market.uz/) mamlakatimiz mutaxassislariga loyihalar ustida ishlash, buyurtmalar qabul qilish,  umuman, axborot texnologiyalari sohasida kar’yera qurish uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.

O‘zbekistonda yo‘nalishning eng ommalashgan turlaridan biri – yuk tashish (logistika) sohasi hisoblanadi. Asosan, AQShning logistika kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishi so‘nggi vaqtlarda sezilarli darajada ko‘paydi. Logistika xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ishlayotgan O‘zbekiston yoshlari oyiga o‘rtacha 1000–1500 AQSh dollari va undan ko‘proq maosh oladi.

“Xo‘sh, BPO sohasi daromadli ekan, unda o‘z o‘rnimni topish uchun nima qilishim kerak?” degan savol tug‘ilgan har qanday kishi to‘g‘ridan to‘g‘ri “BPO School” maktablariga murojaat qilishi lozim.

O‘zbekistonda “BPO School” o‘quv markazlari qayerda joylashgan?

“BPO School” IT Park va AKT vazirligi ko‘magida butun mamlakat bo‘ylab ochilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bo‘lib, u yerda O‘zbekiston yoshlari autsorsing (tashqi xizmat ko‘rsatish) sohasida ishlashni o‘rganishlari mumkin. Markazlar Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Guliston va Mo‘ynoq shaharlarida faoliyat yuritmoqda. Tez orada Urganch, Namangan va Andijon viloyatlarida ham bu kabi markazlarni ochish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim olgandan so‘ng imkoniyatlar qanday?

Ta’lim jarayoni 2 haftadan 1 oygacha davom etadi. Ushbu vaqt davomida talabalar faoliyat doirasida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. E’tiborli jihati, “BPO School” ta’lim markazi bitiruvchilari uchun xalqaro kompaniyalarda amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyati mavjud.

Markaz talabasiga aylanish uchun ayrim talablar bor. Ya’ni yoshingiz 17 va undan yuqori bo‘lishi, ingliz, koreys, rus tillaridan birini bilishingiz, kelajakda buyurtmachilar bilan ularning vaqt rejimiga qarab ishlashga tayyor turishingiz lozim.

Maqsadingiz yo‘lida bel bog‘lagan bo‘lsangiz, o‘z viloyatingiz bo‘yicha IT Park filialiga murojaat qilishingiz yoki https://bpo.mitc.uz/uz havolasiga o‘tib onlayn ariza topshirishingiz mumkin. 

Barcha savollar yuzasidan IT Park hududiy menejyeri Farrux Erkinovga murojaat qiling + 998983310052.

Reklama huquqlari asosida

Top