09:34 / 09.03.2022
10888

Zebiniso Rahmonova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Samarqand viloyati hokimligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Viloyat hokimi qarori bilan Zebiniso Rahmonova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zebiniso Rahmonova 1969 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 1991 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 

Z. Rahmonova biologiya fanlari nomzodi, dotsent. U Samarqand davlat universitetining pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 18 maydagi buyrug‘i bilan Samarqand davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovning hozirgi vaqtda 9 nafar o‘rinbosari bor. 

Ular:

  • Jamshid O‘roqov – viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish  masalalari  bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i;
  • Akmal Shukurov – viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Oybek Xo‘jayev – viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;
  • Feruz Obilov – viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Rustam Qobilov – viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i;
  • Xurshid Ochilov – viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Dilshod Mamatqulov – viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Isroil Jabborov – viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i;
  • Jamshid Haydarov – viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari.
Top