14:56 / 10.03.2022
11217
Buyuk Britaniya Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Avvalroq Yevroittifoq sanksiyaga tushgan rossiyalik biznesmenlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qilgandi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya hukumati rossiyalik biznesmen Roman Abramovichni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Shuningdek, Igor Sechin, Oleg Deripaska, Aleksey Miller, Nikolay Tokarev, Andrey Kostin va Dmitriy Lebedevlarning ham Britaniyadagi aktivlari muzlatildi.

9 mart kuni Yevroittifoq sanksiyaga tushgan rossiyalik biznesmenlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qilgandi.

Ro‘yxatdan «Rostelekom» prezidenti Mixail Oseyevskiy, «Uralxim» AJ rahbari Dmitriy Mazepin o‘rin olgan.

Shuningdek, VK bosh direktori Vladimir Kiriyenko, «Rosnano» rahbari Sergey Kulikov, «Aeroflot» bosh direktori Mixail Poluboyarinov, «Rusagro» direktorlar kengashi raisi Vadim Moshkovichga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top