18:53 / 10.03.2022
5066
EPSILON (EDC): Ayzovat-17 qudug‘idan 200 ming kub. m kunlik hajmda gaz chiqarildi
Foto: Epsilon

Joriy yilning 10 mart kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan Ayzovat konining 17- sonli qudug‘ida burg‘ilash ishlari nihoyasiga yetib, quduqni o‘zlashtirish jarayonida undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 11 mart kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me’yorlariga  muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top