22:48 / 10.03.2022
9013
Western Union Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatdi

Western Union kompaniyasi Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.

Foto: Reuters

«Biz ichki va tashqi omillarni, shuningdek, hamkasblarimiz, sheriklarimiz va mijozlarimiz uchun oqibatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqdik. Rossiyaning Ukrainaga hujumi fojiali oqibatlari davom etishi fonida Rossiya va Belarusdagi operatsiyalarimizni to‘xtatishga qaror qildik»,— deya kompaniya bayonotidan iqtibos keltirgan Business Wire.

Western Union nizo diplomatik va tinch yo‘l bilan hal qilinishiga umid bildirgan.

Avvalroq MasterCard va Visa Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Top