18:42 / 11.03.2022
6725
Andijonda benzin quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi
Foto: Videodan kadr

Andijon shahri, Pirmuhammedov ko‘chasida joylashgan benzin quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, benzinni maxsus idishga quyish jarayonida chaqnash yuz bergan va yerga to‘kilgan benzin orqali yong‘in yuz bergan.

Hozirda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘liq bartaraf etishdi. Binolar yong‘indan zarar ko‘rmagan. Benzin quyish shoxobchasining 1 nafar xodimi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘in oqibatlari va kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. 

Top