15:30 / 11.03.2022
9178
“O‘zbekneftgaz”: Buxoro viloyatidagi ijtimoiy-infratuzilmaviy sharoitni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib, viloyat taraqqiyoti va aholi hayoti bilan tanishganda rahbarlarga hududning ijtimoiy-infratuzilmaviy sharoitini rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Olot va Jondor tumanlarida aholiga qulay sharoitlar yaratish borasida qator loyihalar amalga oshirilmokda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ana shu loyihalar holati bilan yaqindan tanishib, qurilish ishlari holatini o‘rganishdi.

Ushbu loyihalar doirasida Jondor tumanida 150 o‘rinli bolalar bog‘chasi va sport majmuasi barpo etilmoqda. Ushbu obektlar Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ingliz, fransuz va rus tillarini o‘rgatishga mo‘ljallangan xonalar, sport mashg‘ulotlari, turli to‘garaklar olib boriladigan zallardagi yaratilgan sharoitlarni o‘rganib chiqishdi.

Shuningdek, loyihalarning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlarni ham rejalashtirib olishdi. Qurilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Ayni paytda qurilish jarayonlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan sportning 17 turiga mo‘ljallangan barcha sharoitlarga ega majmuada kelgusida Respublikamiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga ko‘taruvchi chempionlar yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.

Bu maskanlarda bolalar uchun sharoitlar yaratish bilan bir qatorda, malakali murabbiy va tarbiyachilar bilan ta’minlashga ham asosiy e’tiborni qaratish lozimligini qayd etishdi. Buning uchun muassasaga tarbiyachilarni ishga qabul qilish konkurs asosida yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi hamda ularning erishgan yutuqlariga qarab rag‘batlantirish choralarini ham ko‘rish zarurligi aytib o‘tildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va viloyat hokimi boshchiligidagi mutasaddilar tuman aholisi yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida “Nurafshon” MFY aholi punktlari va muassasalarini ham borib ko‘rishdi.

O‘rganishlar natijasida aholining talab va istaklari bilan hududdagi eski tibbiy xizmat ko‘rsatish binosini zamonaviy talablar asosida kapital ta’mirlanadigan, “Said ota”, “Gulum ota” qabristonlarini o‘rab turuvchi eski nuragan devorlar qayta qurib beriladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Chandir qishlog‘idagi yoshlar va o‘smirlar uchun ochiq mini futbol o‘yingohini barpo etish, shu hududdagi maktab va bolalar bog‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi ariqning 460 metr qismi, sport majmuasidan tibbiyot maskanigacha bo‘lgan 204 metr qismlarini betonlash hamda 2 ta avtobekat qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top