17:10 / 11.03.2022
4240
Qirg‘izistonda jamoat joylarida majburiy niqob taqish rejimi bekor qilindi

Niqob taqish rejimi faqat sog‘liqni saqlash muassasalari va jamoat transportida saqlanib qoladi.

Foto: Sputnik

Qirg‘izistonda jamoat joylarida niqob taqish rejimi bekor qilindi, deb xabar berdi RIA.

Xabarda aytilishicha, oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, savdo markazlari, umumiy ovqatlanish muassasalari, bozorlar, muzeylar, sport klublari va kutubxonalarda majburiy niqob taqish rejimi bekor qilingan.

Niqob taqish rejimi faqat sog‘liqni saqlash muassasalari va jamoat transportida saqlanib qoladi.

Shu bilan birga, fuqarolarga ixtiyoriy ravishda niqob taqish tavsiya etilgan.

Top