14:14 / 11.03.2022
20479

Samarqandda o‘zaro kelishmovchilikni «razborka» orqali hal qilmoqchi bo‘lgan guruhlar qo‘lga olindi

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida Samarqand shahri va Past Darg‘om tumanlarida oradagi kelishmovchiliklarni “razborka” orqali hal qilmoqchi bo‘lgan guruhlar qo‘lga olindi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tezkor xodimlar tomonidan 2022 yil 4 mart soat taxminan 20:30 larda Samarqand shahar Ogahiy ko‘chasida, bir guruh shaxslar o‘rtadagi o‘zaro kelishmovchilikni janjal orqali hal qilmoqchiligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan va ushbu guruhlarning ommaviy janjal qilishining oldi olingan.

Shuningdek, Past Darg‘om tumanidagi Juma shahri hamda Arabxona mahallalarida yashovchi 15 nafar sportchi Samarqand - Juma yo‘nalishdagi avtoshohbekatni zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallash maqsadida, “razborka” - ko‘cha yo‘li bilan hal qilish uchun yig‘ilgan vaqtida qo‘lga olinib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Holat bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 23 noyabr kuni Shayxontohur tumanidagi ahvol bilan tanishish jarayonida prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jinoyatchilar orasida “soliq yig‘uvchi” guruhlar paydo bo‘lgani, ular bozorlardan va hatto davlatdan soliq olishayotganini aytgandi

Top