09:51 / 11.03.2022
6242
Toshkentda qator hududlar ichimlik suvisiz qoldi
Foto: Shutterstock

Toshkent shahridagi qator hududlar ichimlik suvisiz qoldi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» xabar berdi.

Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv suv olish inshooti hududida D-1000 tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu tarmoq o‘chirilgan. 

Shu munosabat bilan, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi quyidagi hududlar suvsiz qolgan:

Firdavsiy, Shivli, Mingo‘rik, Yangi tarnov, Otchopar, Shahriston, Xalqobod, Ezgulik, Injobod, Otchopar-1, Otchopar-2, Xiyobontepa, Iftixor, Yangiariq, Turkqo‘rg‘on, Usta Shirin mahallalari, Markaz-4 mavzesi, 7-sonli shahar kasalxonasi, “Oqqo‘rg‘on” MFY.

Bildirilishicha, suvsiz qolgan hududlar suv tashuvchi texnika orqali suv bilan ta’minlanadi.

Top