17:33 / 12.03.2022
13171
Germaniya kuzga borib Rossiya ko‘miriga qaramlikdan qutulishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

Robert Habekning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat kuzga borib Rossiyadan ko‘mir olishni, yil oxiriga borib esa neft olishni to‘xtatadi.

Foto: RIA Novosti

Germaniya 2022 yil kuziga borib Rossiya ko‘miriga qaramlikdan qutulishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

«Biz Rossiya nefti, ko‘miri va gaziga qaramlikdan qutulish ustida har kuni, ba’zan tuni bilan ishlayapmiz. Har kun, har soatda Rossiya importidan bir qadam uzoqlashyapmiz», dedi u.

Habekning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat kuzga borib Rossiyadan ko‘mir olishni, yil oxiriga borib esa neft olishni to‘xtatadi.

Shu bilan birga, u Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish qiyin bo‘lishini aytdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Rossiya gazi, nefti va ko‘miri importiga taqiq qo‘yishini ma’lum qilgandi.

Top