18:46 / 12.03.2022
10069

Qirg‘izistondan naqd ko‘rinishdagi dollar olib chiqib ketish vaqtincha taqiqlandi

Qayd etilishicha, taqiq tijorat banklari, valuta almashtirish byurolari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga taalluqli.

Foto: iStock

Qirg‘izistondan naqd ko‘rinishdagi dollar olib chiqib ketishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat milliy banki ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, taqiq tijorat banklari, valuta almashtirish byurolari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga taalluqli.

Ushbu talab jismoniy shaxslarga tegishli emasligi aytilmoqda. 

Milliy bankning bildirishicha, mazkur qaror Qirg‘iziston iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Mavzuga oid
Top