11:52 / 12.03.2022
4075
Samarqandda fuqaroni Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lib 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqarolarni xorijiy davlatga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro B.A. fuqaro F.ni tanishlari orqali 5 oy muddatga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo, Namangan va Andijonda fuqarolarni ishga kiritishni va xorijga ishga yuborishni aytib firibgarlik qilgan shaxslar ushlangandi.

Top