18:12 / 12.03.2022
22159
Turkmanistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi

Mamlakat prezidentligi uchun to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov kurash olib bormoqda.

Foto: RIA Novosti

Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 17:00da navbatdan tashqari prezident saylovi ovoz berish uchastkalari yopildi, deb xabar berdi TASS.

Ovoz berish ertalab 07:00da boshlangandi. Mamlakat bo‘yicha 2577ta, respublika tashqarisida 41ta ovoz berish uchastkasi ochildi.

Ma’lumot berilishicha, jami 3,4 mln nafardan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, soat 15:00 holatiga saylovchilarning 86,34 foizi ovoz bergan.

Mamlakat prezidentligi uchun to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov kurash olib bormoqda. Saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘ining ovoziga ega bo‘lgan nomzod prezidentlikka saylangan deb hisoblanadi.

Top