09:34 / 14.03.2022
30431
Jizzaxda KIA va Nexia 2 o‘zaro to‘qnashdi. Bir necha kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Hodisa oqibatida har ikkala mashina yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, bir necha kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 13 mart kuni kunduzi Jizzax viloyati Zomin tumani hududida KIA va Nexia 2 mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan video va fotosuratlar tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Mazkur yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga to‘qnashuv qanday tarzda sodir bo‘lgani yozilib qolgan. Unga ko‘ra katta tezlikda kelayotgan mashinalardan biri boshqaruvni yo‘qotgan va ro‘paradan kelayotgan mashinaga urilgan. Oqibatda har ikki mashina yaroqsiz ahvolga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda har ikkala mashinada bo‘lgan bir necha kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, yana besh kishi turli darajada tan jarohatlari olgandi.

Top