11:36 / 14.03.2022
9901

Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:29 da Tojikistonda yer silkinishi qayd etildi.

Yer silkinishi koordinatalari: 40,39 gradus shimoliy kenglik; 70,17 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 126 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi sezilish kuchi: Toshkent viloyatida 2 ball, 100 km.

Top