09:00 / 15.03.2022
3568

Constant Chemicals – betonni va ishonchni mustahkamlaymiz!

Mustahkam va ishonchli bino qurmoqchimisiz? Imoratning asosi bo‘lgan beton mahsulotlari sifatini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib ishonch hosil qiling. Bu imkoniyatni sizga Constant Chemicals yaratadi.

Foto: Kun.uz

2019 yilda tashkil topgan mazkur zavod beton mahsulotlarining asosini tashkil qiluvchi, mahsulotlarning sifatli va mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘pqavatli uylar qurilishi avj olgani sir emas. Aholi sonining oshishi turar joyga bo‘lgan talabni ham oshirmoqda. Ammo yangi qurilgan uylar sifati bilan bog‘liq ayrim hodisalar jamoatchilikda salbiy qarashlarni yuzaga keltirdi. Shu sababdan kompaniya qurilish sohasida yangi sifat ko‘rsatkichini shakllantirishni maqsad qilgan.

Tarkibida beton yoki sement bo‘lgan har qanday qurilish mahsulotlarining mustahkam va sifatli bo‘lishi uchun unga kerakli kimyoviy moddalar qo‘shilishi lozim. Constant Chemicals qurilish uchun muhim bo‘lgan bu moddalarni tayyorlaydi va yetkazib beradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini muntazam nazorat qilish uchun zavodda 3 turdagi laboratoriyalar: kimyoviy moddalar, sement va beton laboratoriyalari muntazam ishlaydi. Zavod laboratoriyalaridagi uskunalar Turkiyadan keltirilgan bo‘lib, bu yerda barcha qurilish mahsulotlarining tarkibi tekshiriladi.

Laboratoriyalarda tajribali mutaxassislar kimyoviy qo‘shimchalar sifatini nazorat qilish bilan birga yanada samarali texnologiyalar yaratish ustida ham ish olib borishadi. Umuman kompaniya xodimlari o‘z sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, doimiy tarzda xorijda amaliyot oshirib kelishadi.

Constant Chemicals zavodi Fransiyaning “Chryso” kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Fransuz kompaniyasi mutaxassislari har oyda O‘zbekistonga kelib, audit asosida mahsulotlarning sifat nazoratini, Yevropa standartlari darajasida tayyorlanishini kuzatuvdan o‘tkazadi.

Zavod direktori Jasur Jo‘raxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya har bir mijozga alohida yondashadi: “Mahsulotlarimiz assortimenti 100 dan oshdi. Zavodimizda bir oyda o‘rta hisobda 500 tonnagacha mahsulot ishlab chiqariladi. Bular orasida 10 turdagi eng talabgir mahsulotlarimiz katta hajmni tashkil etadi. Eng murakkab qurilish jarayonlarida foydalaniladigan beton mahsulotlari uchun qo‘shiladigan maxsus kimyoviy qo‘shimchalarni ham yetkazib beramiz. Masalan, hozirda respublikamiz bo‘ylab suv omborlari qurilishida suv o‘tkazmaslik uchun qo‘shiladigan kimyoviy qo‘shilmalar yoki yirik yo‘l o‘tkazgichlarda og‘ir bosimlarga bardoshli beton qorishmalar uchun ham maxsus kimyoviy qo‘shilmalarni tayyorlab beryapmiz. Albatta, bularni tayyorlash murakkab va mas’uliyatli vazifa.

Poytaxtda qurilayotgan taniqli qurilish kompaniyalari bizning mijozlarimiz hisoblanishadi. Osmono‘par Nest one binosi, Orient Group , IT park, "DURABLE BETON" beton zavodi, “Golden house”, “Bizning uylar” kabi yirik kompaniyalarning ishonchi mas’uliyatimizni yanada oshiradi”, - dedi u.

Kompaniya o‘z mijozlariga mahsulot taklif qilishdan oldin u foydalanadigan beton, sement yoki shag‘al-qum tarkibini o‘rganadi. Qurilayotgan obekt turiga qarab individual tarzda tavsiya beriladi.

“Biz faqat sotishni emas, ko‘p yillik imoratlar yoki inshootlar uchun javobgarlikni his qilgan holda ishlashni ma’qul ko‘ramiz. Hamkorlarimiz bu mahsulotdan nima qurishni maqsad qilgan bo‘lsa, shunga qarab kimyoviy moddalar yetkazib beramiz. Agar ular tomonidan barchasi to‘g‘ri bajarilsa, ya’ni beton tarkibi biz aytganday tayyorlansa, sifatga kafolat beramiz va shu bilan birga buni nazorat ham qilib boramiz”, - deya ta’kidlaydi zavod direktori Jasur Jo‘raxo‘jayev.

Kompaniya yaqin orada o‘z mahsulotlari ro‘yxatini yanada kengaytirishni hamda mahsulotlarni xorijga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Zavodda ishlab chiqarish jarayonidagi barcha texnologiyalar Fransiyadan keltirilgan.

Ishonchli qurilish, yuqori sifat va mustahkam beton kafolati - Constant Chemicals bilan!

Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Nilufar ko‘chasi, 77/7.

Sayt: constantchemicals.uz

Kol-markaz telefoni: +998954124444

Telegram: constantchemicals.uz

Reklama huquqi asosida

Top