12:00 / 15.03.2022
5043
Didox: korxonalardagi xaridlar va savdolarga oid muammolarning yangicha yechimi taqdim etildi
Foto: Didox

Tizimda tovar va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha e’lonlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu e’lonlar shu kabi mahsulotlarni sotuvchi barcha tizim foydalanuvchilariga avtomatik tarzda tarqatiladi. Quyida ushbu xizmatning sotib oluvchi va sotuvchilar uchun yaratgan bir qator qulayliklarini ko‘rib chiqamiz.

Xaridlar

1-imkoniyat. Yetkazib beruvchilarni qidirish

Hozirgi paytda biror narsa xarid qilish kerak bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchilarni qanday tanlaymiz? Odatda tanishlardan so‘raymiz, Google'da qidiramiz yoki ma’lumot bazalarini qaraymiz. Har biri bilan bog‘lanib, takliflarni o‘rganish uchun qancha vaqt sarflanadi? Bu savollarga ko‘pchilikning javobi bir xil: juda ko‘p vaqt sarflab, ko‘pi bilan 5-6ta sotuvchi topiladi. 

Ammo endi yangi yaratilgan muqobil usul yordamida sizning u yoki bu tovarga bo‘lgan talabingizni O‘zbekistondagi yetkazib beruvchilarning 70 foizdan ko‘pi shu zahotiyoq ko‘ra oladi. Bu bir kun davomida bir odam yoki hatto butun bo‘lim qilishi mumkin bo‘lgan ishdan o‘n barobar samaraliroq!  

Buning uchun Didox’da yangi “So‘rov” obekti paydo bo‘ldi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • qidirilayotgan tovar/xizmatning identifikatsion kodi (tovar/xizmatning Soliq Qo‘mitasi tasnifiga muvofiq kodi);
  • Nomi
  • Ta’rifi
  • Talab etilayotgan miqdori
  • Yetkazish manzili

Bu ma’lumotlar asosida tizim qisqa fursatda 250 000dan ortiq tashkilot bazasidan barcha shunday tovar yetkazib beruvchilarni aniqlab ularga bu so‘rovni jo‘natadi.

So‘rovni yangi “Xaridlar”  bo‘limida rasmiylashtirish mumkin. U uchta bo‘linmadan iborat: 

* Xarid qilinayotgan tovarlar

  • Mening so‘rovlarim
  • Marketpleys

2-imkoniyat. Takliflar tahlili

Demak, biz sizga kerakli tovar/xizmat yetkazib beruvchilarni topish va ulardan takliflar qabul qilishga muvaffaq bo‘ldik! Endi bu takliflar orasidan eng yaxshisini qanday tanlaymiz? Axir narxdan tashqari yetkazib beruvchining ishonchliligi, uning QQS to‘lovchi sifatidagi maqomi va QQS uzilishlari koeffitsiyenti ham ahamiyatga ega.  

Bunda tizimning ikkinchi quroli yordamga keladi, u mavjud takliflarning barchasini tahlil qilib, ularni foydalilik darajasiga qarab ketma-ketlikda joylashtiradi. Bu jarayonda narx, QQS, uzish koeffitsiyenti va yetkazib berish shartlari hisobga olinadi.

Detallarga aniqlik kiritish uchun chatdan foydalanish va yetkazib beruvchiga tizimdan chiqmagan holda savol berish mumkin.

Yetkazib beruvchi tanlanganidan so‘ng shu paytning o‘zida undan shartnoma olish va hisob to‘lovini bepul banking tizimi yordamida amalga oshirish mumkin.

3-imkoniyat. Nazorat

Ko‘p rahbarlarni u yoki bu tovar haqiqatdan yaxshi shartlar asosida sotib olingani, xarid vaqtida korrupsiya aralashmaganiga oid savollar bezovta qiladi.

Endi Didox yordamida bu xavotirlarning aksariyatiga hojat qolmaydi. Har gal xaridlar bo‘yicha mutaxassis u qadar manfaatli bo‘lmagan taklif asosida bitim imzolashga uringanida, tizim bu haqda rahbarni SMS orqali xabardor qiladi. Bu rahbarning xarid jarayoniga aralashishi va “nomaqbul” bitimning oldini olishiga yordam beradi.

Sotuvlar

1-imkoniyat. Buyurtmalarni xaridorlardan qabul qilish

Siz qachondir tashkilotingiz bir mijozni jalb qilish uchun qancha pul sarflashini hisoblab ko‘rganmisiz? Siz faqatgina bir maqsad – potensial xaridorda qiziqish uyg‘otish uchun reklama joylashtirasiz, ko‘rgazma va boshqa tadbirlarda ishtirok etasiz, “sovuq” qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirasiz va h.k.

Didox’ning yangi xaridlar tizimi yordamida siz iste’molchilarda ortiqcha urinishlarsiz qiziqish uyg‘ota boshlaysiz. Potensial xaridorlar u yoki bu tovar/xizmatga so‘rov jo‘natishadi va agar siz xuddi shu toifaga aloqador mahsulot sotsangiz, tizim mijozlarni sizga yuboradi.  

O‘z savdo bo‘limingizni Didox’ga ulang va xabarnomalarni kuzatib boring – qiziquvchilar soni o‘z-o‘zidan oshadi!

2-imkoniyat. Tovarlar reklamasi va bozorda taniqlilik

Bozorda aynan bir tovarning bir nechta yetkazib beruvchisi yoki bir tovar toifasining bir nechta brendi taqdim etilganda tabiiyki, kim taniqliroq bo‘lsa, o‘sha savdoni muvaffaqiyatliroq amalga oshiradi.  

Biz har bir korxonaga o‘zi va tovarlarini Didox marketpleysi (savdo maydonida) namoyish etish imkoniyatini yaratdik. Siz sotayotgan tovarlaringiz haqida ma’lumotni mahsulot kartasida to‘ldirishingiz kifoya va ularni 250 000 ta potensial xaridor  – tizim foydalanuvchilari ko‘radi.

3-imkoniyat. Tezkor shartnomalar tuzish

Aksariyat kompaniyalarda shartnomalar quyidagicha tuziladi: mas’ul xodim o‘z fayllari orasida so‘nggi bitimni topadi, undan nusxa oladi va joriy bitim shartlariga moslab tahrirlaydi. Keyin uni chop etish, rahbar muhri va imzosini qo‘yish lozim va shundan so‘ng shartnoma xaridorga kurer orqali yoki elektron tarzda jo‘natiladi. Jarayon yetarlicha uzoq va ko‘p mehnat talab qilishidan tashqari, ushbu shartnomaning keyingi holati – mijoz tomonidan imzolangani yoki imzolanmaganini kuzatish qiyinchilik tug‘diradi.

Didox xaridlar tizimidan foydalanganda shartnoma yaratish, imzolash, jo‘natish va holatini nazorat qilish juda oson kechadi. Shu tariqa, sizning vaqtingiz va insoniy resurslaringiz nazorat qilishga emas, biznes maqsadlariga erishishga sarflanadi.

Undan qanday foydalaniladi va narxi qancha?

Bu imkoniyatlarning barchasi har bir tizim foydalanuvchisi uchun ochiq. Ammo ayrim cheklovlar mavjud. Har oy yetkazib beruvchilarga 5ta taklif va xaridorlarga 20ta taklifni bepul yuborish mumkin. Agar ko‘proq so‘rov va taklifga ehtiyoj bo‘lsa, “Didox biznes” xizmatini yoqish mumkin. Bu oyiga atigi 250 000 so‘m evaziga cheksiz so‘rov va takliflarni yuborish imkoniyatini beradi.

Batafsil ma’lumot uchun t.me/didox_uz'ga yozing

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top