07:40 / 15.03.2022
4236

O‘zbekiston va Turkiya emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvga erishildi. Bu haqda “Vaksinauz” kanali xabar bermoqda.

Foto: Pavel Bednyakov

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati va Turkiya hukumati quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldi:

tomonlar qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi;

tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga davlatlari hududiga COVID-19 virusi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi;

milliy darajada yoki JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan to‘liq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, o‘z mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadi.

Top