09:30 / 15.03.2022
93002
O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

Joriy yilning 17-20 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.

17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 

17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin, 18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19-20 martda kechalari havo harorati 0-3 daraja iliqqacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.

19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida 2-6 daraja sovuqqacha, Qoraqalpog‘iston shimolida ba’zi joylarda 7-10 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Top