14:17 / 15.03.2022
21606
O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 11 200 so‘mdan oshdi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 15 mart kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi.

15 mart kuni Soat 11:00dan keyin tijorat banklari sotib olish kursini 11150 so‘mgacha, sotish kursini esa 11200 so‘mgacha oshirishdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa ayrim banklarda kurs 11 205 so‘mga chiqib ketgan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • «Davrbank»: sotib olish — 11 150 so‘m, sotish — 11 205 so‘m.
  • «Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m;
  • «Hamkorbank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m;
  • «Turonbank»: sotib olish — 11 095 so‘m, sotish — 11 205 so‘m;
  • «Mikrokredit bank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m;
  • «Kapitalbank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 160 so‘m.

14 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 martda amalda bo‘ladigan qiymatini 11 033,03 so‘m etib belgilagandi. 

Mavzuga oid
Top