15:52 / 15.03.2022
8224

Qamchiq dovonida temiryo‘l va avtomobil yo‘li chetiga tosh-tuproq massasi ko‘chishi sodir bo‘ldi

Foto: FVV axborot xizmati

Yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: FVV axborot xizmati

Qayd etilishicha, bugun, soat 10:30 larda Qamchiq Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga Angren – Pop elektrlashtirilgan temiryo‘lining 71-kilometri va A-373-avtomobil yo‘li Toshkent – Vodiy yo‘nalishining 232,2-kilometrida yo‘l chetiga tosh-tuproq massasi tushgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Zudlik bilan voqea joyiga FVVning Qamchiq MQYoQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari yetib borib, vaziyatni o‘rgangan.

Foto: FVV axborot xizmati

Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan.

 

Top