10:04 / 15.03.2022
5454
Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p ekani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 mart holatiga respublikada ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 982 tani tashkil etib, ulardan 13 531 tasi faoliyat yuritmoqda.

Qayd etilishicha, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 462 taga oshgan.

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 2 348 ta korxona.

Keyingi o‘rinlardan 1 958 ta korxonaga ega Xitoy va 1 940 ta korxonaga ega Turkiya joy oldi.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Qozog‘iston va Koreya ham yetakchi beshtalikdan joy olgan. Mos ravishda, 1 095 ta va 891 ta korxona.

Top