22:42 / 15.03.2022
28629
Yevroittifoq oziq-ovqat inqirozi boshlanishidan xavotirlanmoqda

Yevrokomissiya Ukrainada don ekish mavsumining barbod bo‘lishi oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqarishini taxmin qilgan.

Foto: Vitaly Timkiv/Reuters

Yevroittifoq mamlakatlari moliya vazirlari yuzaga kelgan energetika inqirozi fonida oziq-ovqat inqirozi boshlanishidan xavotirlanmoqda. Bu haqda Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Mer ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina eng ko‘p bug‘doy yetishtiruvchi mamlakatlar hisoblanadi. Harbiy harakatlar fonidan bug‘doy narxi ko‘tarildi. Qayd etilishicha, bu Shimoliy Afrikadagi qurg‘oqchilik bilan birgalikda Afrikaning ayrim davlatlarida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.

 «Moliya vazirlari orasida mavjud energetika inqiroziga qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat inqirozi kelib chiqishi borasida xavotirlar bor»,— dedi Bryuno Le Mer.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Ukrainaning jahon bug‘doy eksportidagi ulushi qariyb 30 foizni tashkil etadi. Ukraina shuningdek, eng yirik makkajo‘xori va kungaboqar yetishtiruvchilardan biri hisoblanadi.

Yevrokomissiya Ukrainada don ekish mavsumining barbod bo‘lishi oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqarishini taxmin qilgan. Ekspertlar jahonda oziq-ovqat narxlari 8–22 foizga oshishidan xavotirda.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top