17:38 / 16.03.2022
4242
2021 yilda 7 mingdan ziyod xodim xizmat intizomini buzgani uchun jazolangan – IIV boshqarma boshlig‘i

IIV Ijtimoiy-huquqiy himoya boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Yoqubov 16 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2021 yilda 7 mingdan ortiq xodim intizomiy, 1900 nafardan ko‘prog‘i esa ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Foto: AOKA

“2021 yilda xizmat intizomini buzgan 7 ming nafardan oshiq xodimlarga nisbatan turli xildagi intizomiy ta’sir choralari, bundan tashqari, ma’muriy tartibda 1900 nafardan oshiq xodimlarga nisbatan turli xildagi ta’sir choralari qo‘llangan. Hozirgi kunda xodimlarning intizomiy ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlar amalga oshirib borilyapti, xususan, tegishli tartibda targ‘ibot-tashviqot ishlari, xodimlarni o‘qitish masalalari yo‘lga qo‘yilgan”, deya Odiljon Yoqubovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda qo‘l ostidagi xodimlarini haqorat qilib, kuch ishlatgan YHXB boshlig‘i intizomiy jazoga tortilgani, xodimini haqoratlagani ortidan ishdan olingan Quva tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari jazo tariqasida boshqa tumandagi mahallaga “uchastkavoy” etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Top