11:38 / 16.03.2022
18522
O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida dollar kursi 11 385 so‘mgacha chiqdi

O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari 16 mart kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi.

Coat 11:00gacha banklarda 1 dollar 11205 so‘mgacha sotilayotgan edi.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 280 so‘mdan sotib olishni, 11 380 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. 

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • «Davrbank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
  • «Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
  • «Hamkorbank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
  • «Turonbank»: sotib olish — 11 275 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
  • «Tengebank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish — 11 320 so‘m, sotish — 11 385 so‘m.

15 mart kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 117,09 so‘mga ko‘tarilib, 11 150,12 so‘mni tashkil qilgandi.  

Mavzuga oid
Top