08:25 / 16.03.2022
5562
O‘zbekistonga 2021 yilda eng ko‘p import go‘sht Belarusdan olib kelingan

Go‘sht importi 10,1 ming tonna oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga 8 ta davlatdan 31,7 ming tonna yirik shoxli qoramol go‘shti import qilingan.

Qayd etilishicha, yirik shoxli qoramol go‘shti importi 2020 yil bilan solishtirilganda 10,1 ming tonnaga oshgan.

2021 yilda O‘zbekiston eng ko‘p yirik shoxli qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar orasida Belarus yetakchilik qilmoqda – 21,5 ming tonna go‘sht.

Boshqa davlatlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 4,9 ming tonna;
  • Ukraina – 2,9 ming tonna;
  • Hindiston – 916 tonna;
  • Moldova – 738 tonna;
  • Rossiya – 638 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston go‘sht importini oshirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top